Olimpiya o‘yinlarining vatani bo‘lmish Gretsiyada mamlakat Kurash Federatsiyasi tashabbusi bilan X “An’anaviy Islom Karimov xalqaro turniri” bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Turnirga 1-mart kuni Gretsiyaning Saloniki shahri mezbonlik qiladi.
O‘ziga xos yubiley turnirda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan 100 ga yaqin iqtidorli kurashchi bel olishishi taxmin qilinmoqda. Bellashuvlar 81 va mutloq vazn toifalarida o‘tkaziladi.
Ayni damda Yevropa Kurash Konfederatsiyasi va Gretsiya Kurash Federatsiyalari tomonidan xalqaro turnirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)