Ispaniya chempionatining 23-turida “Levante” darvozasiga 3 ta gol urgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi La ligadagi gollar sonini 268 taga yetkazdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Shu tariqa, 27 yoshli argentinalik o‘yinchi futbol tarixida Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida urgan gollari soni bo‘yicha germaniyalik Klaus Fisherga yetib oldi va kuchli o‘nlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikkala futbolchi hisobida 268 ta gol bor.
Ushbu ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu 289 ta gol bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. U APLda 84 ta, Ispaniya chempionatida esa 205 ta golga mualliflik qilgan. Yana 10 ta goldan keyin u kuchli beshlikka kiradi.
Futbol tarixida Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari to‘purarlari quyidagicha:
1. Jimmi Grivz (Angliya, 1957 — 1971) — 366 gol (Angliyada — 357, Italiyada — 9)2. Gerd Myuller (Germaniya, 1965 — 1979) — 365 gol (Germaniyada)3. Stiv Blumer (Angliya, 1892 — 1914) — 317 gol (Angliyada)4. Diksi Din (Angliya, 1924 — 1938) — 310 gol (Angliyada)5. Delio Onnis (Argentina/Italiya, 1971 — 1986) — 299 gol (Fransiyada)6. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 2003 – ) – 289 gol (Ispaniyada — 205, Angliyada — 84)7.Gordon Xodjson (Angliya/JAR, 1926-1939) — 287 gol (Angliyada)8.Alan Shirer (Angliya, 1988-2006) — 283 gol (Angliyada)9. Silvio Piola (Italiya, 1930-1954) — 274 gol (Italiyada)10. Lionel Messi (Argentina, 2004 – …) – 268 gol (Ispaniyada)10. Klaus Fisher (Germaniya, 1968 — 1988) — 268 gol (Germaniyada).
Izoh (0)