AQSh prezidenti Barak Obama kiberxavfsizlik masalasiga juda yengil qaraganini tan oldi. Bu haqda Business Insider nashriga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.
Obamaning aytishicha, u internetda ishlash uchun parol sifatida uzoq vaqt mobaynida “123457” yoki “parol” (password) so‘zlaridan foydalangan. Bu haqda AQSh prezidenti Oq uyda kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan sammit davomidagi nutqida ma’lum qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, amerikalarning 30 foizdan ko‘prog‘i ro‘yxatdan o‘tishda aynan shunga o‘xshash parollardan foydalanadi.
Avvalroq, AQSh hukumat kiberxavfsizligiga 14 milliard dollar sarflashi ma’lum qilingan edi. Bu sarf-xarajatlar 2016-yilning byudjetiga kiritiladi.
Izoh (0)