Argentina prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner 1994-yilgi terakt ishi bo‘yicha fitnada ayblanmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Ayblov prokuror Xerardo Polisita tomonidan e’lon qilingan. Bungacha Kirshnerning ishi bilan Alberto Nisman shug‘ullanayotgan edi.
Keyinroq Nisman sirli holatda vafot etdi, uning uyidan esa prezidentni qamoqqa olish to‘g‘risida order topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, prokuror o‘z joniga qasd qilgan.
Izoh (0)