“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres hujumchi Krishtianu Ronalduni shu yilning yozida sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Stadion.uz” xabar berdi.
Metro nashrining xabar tarqatishicha, futbolchini sotib olishni istagan klub juda katta miqdordagi summadan voz kechishi kerak bo‘ladi. Ispaniyaning El Confidencial gazetasi ham 30 yoshli futbolchiga qaysi jamoa eng katta summa to‘lasa, Ronaldu o‘sha jamoaga sotilishini ma’lum qilgan.
Peresning aytishicha, 30 yoshga kirgan futbolchi masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. Futbolchining o‘yini pasayib ketmasidan avval Florentino futbolchini sotish orqali katta daromad ishlab olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” La liga doirasida “Atletiko”ga yirik hisobda (0:4) yutqazib qo‘yganidan so‘ng Ronaldu o‘z tug‘ilganini kunini bayram qilgani keskin tanqidlarga sabab bo‘lgandi.
Izoh (0)