Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

SVOJJDLQK departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Karmana tumanida istiqomat qiluvchi ayolning sirka kislotasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yashirin sex tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar berdi.

Navoiy viloyati. Foto: hazratnavoiy.uz

Navoiy viloyati. Foto: hazratnavoiy.uz

Sexdan 12 ming litr 99,6 foizli sirka kislotasi, 235 litr qo‘lbola usulda tayyorlangan sirka kislotasi, 911 dona qonuniy tartibda ishlayotgan boshqa tadbirkorlik subyektlariga tegishli mahsulotlar uchun yorliqlar, qo‘shni davlatlarda ishlab chiqarilganligi haqidagi etiketlar, qopqoqlar, sirka kislotasi uchun mo‘ljallangan shisha idishlar va boshqa qo‘lbola anjomlar ashyoviy dalil sifatida olinib, hujjatlashtirildi.

Laboratoriya tekshiruvlari esa soxta tadbirkor tomonidan tayyorlangan sirka kislotasi sanitariya-gigiyena talablariga mutlaqo javob bermasligi haqidagi xulosasini berdi.

Sexni tashkil qilgan ayol sud hukmi bilan tegishli jazoga tortildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi