Andijondagi “AndijonAvtotex” avtosaloni Chevrolet Malibu avtomobilini sotib olgan mijozlarga bir yil bepul texnik xizmat ko‘rsatish aksiyasini o‘tkazmoqda. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qildi.
Guruhda keltirilgan suratda aksiya e’loni keltirilgan: “Malibu aksiyasi! Jamiyatimiz Malibu avtomobili sotib olganlarga imtiyoz sifatida avtomobilni 1 yil davomida yoki 20 ming km masofagacha texnik qarov xizmatlarini bepul amalga oshiriladi. Malibu − qulaylik va jihozlar yig‘ini mujassam” (matn saqlab qolingan).
Surat ostiga izoh qoldirganlarning ba’zilari aslida tekin bo‘lgan xizmat aksiya sifatida chiqarilganini aytgan bo‘lsa, boshqalar kafolat bo‘yicha nosozliklarni bartaraf etish aslida ham bepulligini, aksiyada esa “servis xizmat ko‘rsatish bepul bo‘lishi haqida” gap ketayotganini taxmin qilgan.
Izoh (0)