Tailandda ikki nafar parashyutchini o‘zlari sakrab tushgan samolyot urib ketishiga bir bahya qoldi. Voqea 2014-yil oktabrda sodir bo‘lgan, biroq videolavha 2015-yilning fevralida internetga chiqarilgan va hozirgacha ikki million martadan ko‘proq ko‘rilgan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
https://www.youtube.com/watch?v=Ce_sAXKk4QA
Videoga yozilgan izohda parashyutchi-instruktorning qayd etishicha, ular samolyotdan yaxshi sakragan, biroq uchuvchi samolyotni 180 gradusga burib, tandemni urib yuborishiga oz qolgan.
Shunga qaramay, voqea xayrli yakunlangan va ular yerga yaxshi qo‘nib olgan. Sayyoh qiz ular qanchalik xavfli vaziyatdan omon chiqqanini tasavvur ham qilmagani ko‘rinib turadi.
Izoh (0)