Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka Ukrainaning sobiq prezident Viktor Yanukovich va uning bir necha tarafdorlarini topshirish to‘g‘risidagi so‘rovga tegishli tartibda salbiy javob berilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Biz albatta Ukraina Bosh prokuraturasidagi hamkasblarimizning so‘roviga javob beramiz. Javob salbiy bo‘ladi, chunki ushbu shaxslarning jinoiy ta’qib qilinishida siyosiy sabablarni ko‘ryapmiz”, − dedi Chayka.
Rossiya bosh prokurorining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya milliy qonunchiligi va xalqaro huquqiy me’yorlar ta’qib qilinishi siyosiy xarakterga ega shaxslarni xorijiy davlatlarga bermaslikni taqozo etadi.
Izoh (0)