Tailandning Pattaya shahrida tennis bo‘yicha PTT Pattaya Open turniri davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 250 000 AQSh dollaridan iborat musobaqaning juftliklar musobaqasida o‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazib ko‘rdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘zbekistonning sobiq birinchi raqamli tennischisi ilk davradayoq ukrainalik dugonasi Yuliya Beygelzimer bilan birga yaponiyalik Kimiko Date Krum va rossiyalik Aleksandra Panova juftligiga 7:5, 4:6, tay-brekda 6:10 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Izoh (0)