Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi 23 yoshli ayol uyiga bostirib kirib, unga tahdid qilgan va 690 ming so‘mni pulini olib ketgan talonchilarga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab, tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, talonchilar yuzlarini yopib olganlari tufayli ularni tanib qola olmagan. Arizaga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-qidiruv tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Tez orada huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari “bosqinchilar”ning iziga tushib, ular ikki kishi bo‘lmaganini ham aniqladi. Aslida umuman hech qanday bosqinchilar va hech qanday talonchilik bo‘lmagani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol pulni o‘zi sarflab yuborgan, biroq buni eriga aytishga qo‘rqqan. Shu sababli o‘g‘rilik haqidagi hikoyani o‘ylab topgan.
Izoh (0)