Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2015-yilda sohani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmini 2014-yildagidan 1,5 marta — 1,125 milliard dollargacha ko‘paytiradi. Bu haqda kompaniya vakiliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: gov.uz

Foto: gov.uz

Agentlik hamsuhbatining aniqlik kiritishicha, hukumat joriy yilda elektroenergetika sohasiga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha prognozli parametrlarni tasdiqlagan. Kapital mablag‘lar tuzilmasida xorijiy qarzlar va investitsiyalar 701,5 million dollarni, “O‘zbekenergo” DAKning xususiy mablag‘lari 305,2 million dollar, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari 118,9 million dollarni tashkil etadi.

Xususan, rejaga muvofiq, kompaniya 2015-yilda Toshkent issiqlik elektrostansiyasida 512 million dollarlik 370 MVt quvvatiga ega bug‘-gaz qurilmasini quradi, shuningdek Toshkent viloyatida 54 million dollarga Chorvoq GES modernizatsiyasini tugatadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati