Iroqning sobiq rahbari Saddam Husaynni dorga osishda ishlatilgan arqon yetti million dollarga sotilishi mumkin, deb xabar bermoqda The Daily Mail.
Hozirda bu arqonga Iroqning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Muvaffaq Al Rubayi egalik qiladi. Qayd etilishicha, kolleksiyachilar arqon uchun haqiqiy stavkalar urushini boshlab yuborgan. Savdoda ikki quvaytlik ishbilarmon, isroillik boy oila va Eronning diniy tashkiloti qatnashmoqda. Qiziqish yuqoriligini inobatga olib, Al Rubayi yanada foydaliroq taklif bo‘lishi mumkinligiga umid qilmoqda.
Saddam Husayn 2003-yil dekabr oyida AQSh hujumi natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan, uning o‘zi o‘sha yil dekabr oyigacha yashirinib yurgan. 2006-yilda u insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topilib, osib o‘ldirishga hukm qilingan. Hukm 2006-yil 30-dekabrda ijro etilgan.
Izoh (0)