Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining tog‘li hududidagi qishloqda yashovchi yigit gulzor yaratish niyatida 2014-yil mart oyida tomorqasiga har xil turdagi gul urug‘larini sepdi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Ko‘p o‘tmay, urug‘lar nish urib chiqar ekan, bog‘bon yigit ularning orasida boshqa gullarga o‘xshamaydigan nihollar borligini sezdi. U tarkibida giyohvand moddasi bo‘lgan 25 tup nasha o‘simligini alohida idishlarga ko‘chirib o‘tqazdi va ularni pana joyda parvarishlay boshladi.
2014-yil 17-may kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan yigit hovlisida 2 tup, molxonasi tomida tuproq to‘ldirilgan qoplar va metall qutilarga ekilgan jami 25 tup giyohvandlik o‘simligi o‘stirilayotgani aniqlandi. Sudga oid kimyoviy ekspertiza mazkur o‘simliklar nasha ekanligini aniqlab berdi. Natijada qamashilik yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh (0)