Qrim va Sevastopolni Ukraina SSRga berish to‘g‘risidagi 1954-yilgi qarorni noqonuniy deb topish to‘g‘risidagi qonun Federatsiya Kengashi tomonidan bahorgi sessiyada qabul qilinadi. Bu haqda Rossiya parlamentining yuqori palatasi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Bu qonun tarixiy va yuridik adolatning tiklanishi bo‘ladi. Biz uni ishlab chiqdik, hozirdda yuridik ekspertizadan o‘tmoqda. Biz uni bahorgi sessiyada qabul qilishni mo‘ljallayapmiz”, − dedi Matviyenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qonunning hech qanday yuridik oqibati bo‘lmaydi, yuqori palata shunchaki Qrim va Sevastopolga nisbatan adolatsizlikni tarixiy fakt sifatida qayd etib qo‘ymoqchi.
Izoh (0)