Xalq ta’limi vazirligining 2014-yilgi faoliyati yakunlarini sarhisob etish va 2015-yili tizimda amalga oshiriladigan muhim vazifalarga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati.
Majlisni Xalq ta’limi vaziri, hay’at raisi Ulug‘bek Inoyatov olib bordi.
Hay’at raisi hisobot davrida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida axborot berdi.
Jumladan, Investitsiya dasturiga muvofiq, yil davomida 380 ta umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilib, zarur o‘quv-laboratoriya anjomlari, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan ta’minlandi.
Qayd etilganidek, darslar ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘tilishini ta’minlash maqsadida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida 1-sinf o‘qituvchilari uchun 410 ming nusxada yetti nomdagi metodik qo‘llanma va 49 300 diskda ularning multimediali ilovalari tayyorlanib, ta’lim muassasalariga to‘liq yetkazildi.
Anjuman so‘ngida tizimdagi muhim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Izoh (0)