Jahon havo flotining holati to‘g‘risidagi Flightglobal Insight's World Air Forces 2015 hisobotida aytilishicha, Qrim va Donbassdagi voqealar tufayli Ukraina harbiy samolyotlarining deyarli yarmidan ayrildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
2014-yil boshida Ukraina harbiy flotiga 400 ta samolyot tegishli bo‘lgan, hozirga kelib esa ular 222 ta qolgan. 2014-yilda dunyo bo‘yicha ishdan chiqqan samolyotlarning uchdan bir qismi Ukraina armiyasiga tegishli bo‘lgan.
Ukrainaning kamida 22 ta samolyot va vertolyoti mamlakat sharqidagi janglarda ishdan chiqqan. 21 ta samolyot yer-havo turidagi raketa zarbasi oqibatida halokatga uchragan. Hisobotga ko‘ra, Ukrainaga tegishli bitta MiG-29 samolyoti Rossiyaning MiG-29 samolyoti yordamida urib tushirilgan. Ukraina samolyotlarining bir qismidan Qrimda ayrilgan, biroq Rossiya ulardan bir nechtasini qaytarib bergani qayd etilgan.
Izoh (0)