O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hafta o‘rtalarigacha O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1−2-fevralda 5−10° sovuq, 3−4-fevralda 3−8° sovuq, kunduzi 1-fevralda 0−5° iliq bo‘ladi, 2−4-fevralda 3−8° iliqgacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° sovuq, kunduzi 6-11° iliqgacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2−4-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° sovuq, kunduzi 3−8° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2−4-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° iliq, 2−4-fevralda ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 7−12° iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2−4-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° sovuq, kunduzi 2-fevralda 0−5° iliq, 3−4-fevralda 3−8° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 2-fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 3−4-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2−4-fevralda 5−10° sovuq, kunduzi 2-fevralda 0−5° sovuq, 3−4 fevralda 0-5° iliq bo‘ladi.
Izoh (0)