Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyoning eng hurmat qilinuvchi ayollari ro‘yxatida Gollivud aktrisasi Anjelina Joli birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda YouGov.

Foto: unhcr.org

Foto: unhcr.org

Gollivudda eng yuqori haq to‘lanadigan aktrisa sifatida tanilgan Anjelina Joli gumanitar yordam ko‘rsatishda ham nom chiqardi. Jumladan, u 2012-yildan BMTning Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissiyasi maxsus vakili sifatida faoliyat ko‘rsatishni boshladi.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzay egalladi. AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton esa uchinchi o‘rinda turibdi.

Dunyoning eng hurmat qilinuvchi ayollari ro‘yxatini Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, AQSh prezidenti turmush o‘rtog‘i Mishel Obama, qo‘shiqchi Selin Dion, amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri, aktrisa Juliya Roberts kabilar davom ettirdi.

Germaniya kansleri Angela Merkelga esa 10-o‘rin nasib qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)