Dunyoning eng hurmat qilinuvchi ayollari ro‘yxatida Gollivud aktrisasi Anjelina Joli birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda YouGov.
Gollivudda eng yuqori haq to‘lanadigan aktrisa sifatida tanilgan Anjelina Joli gumanitar yordam ko‘rsatishda ham nom chiqardi. Jumladan, u 2012-yildan BMTning Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissiyasi maxsus vakili sifatida faoliyat ko‘rsatishni boshladi.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzay egalladi. AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton esa uchinchi o‘rinda turibdi.
Dunyoning eng hurmat qilinuvchi ayollari ro‘yxatini Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, AQSh prezidenti turmush o‘rtog‘i Mishel Obama, qo‘shiqchi Selin Dion, amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri, aktrisa Juliya Roberts kabilar davom ettirdi.
Germaniya kansleri Angela Merkelga esa 10-o‘rin nasib qildi.
Izoh (0)