Qo‘qon shahrida 2015-yilning 15-yanvar kuni avtomobilni olib qochish holati qayd etildi, deya xabar bermoqda “Kun.uz” “Postda” gazetasiga tayanib.
Ma’lum qilinishicha, bir fuqaro shaharning Abay ko‘chasida “Elita taksi” kompaniyasi haydovchisi boshqaruvidagi Matiz’ga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan.
Mashina Sarboz ko‘chasiga yetib kelganida, taksi haydovchisi xarid qilish maqsadida do‘konga kirib ketgan. Bu fursatdan foydalangan yo‘lovchi esa rulga o‘tirib, mashinani olib qochgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, ushlangan. Avtomashina esa Sh. Rashidov ko‘chasidan, beton to‘siqqa urilgan holda topilgan, deyiladi xabarda.
Izoh (0)