“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK shu yil Maroqand—Qarshi temir yo‘lini elektrlashtirish bo‘yicha loyihani yakunlashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi UzDaily.
Kompaniya bosh menejeri Sherzod Ismatullayev aytishicha, Maroqand—Qarshi temir yo‘li 2015-yil 1-sentabrdan ishlay boshlaydi. Ayni paytda temir yo‘llarning ushbu qismida aloqa va signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish ishlari bormoqda.
Nashrning eslatishicha, loyiha qiymati 234, 7 million dollarga teng. 140,8 kilometrlik Maroqand—Qarshi temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirishga Osiyo taraqqiyot banki 100 million dollarlik kredit ajratdi.
Izoh (0)