“Barselona” rahbariyati hujumchi Neymar bilan shartnomani uzaytirish niyatida, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Yangi shartnomaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar tarkibida 2020-yilga qadar qolishi va yiliga 12 million yevro maosh olishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda Neymarning agenti va otasi Ispaniyada bo‘lib turibdi. Klub rahbariyati u bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Neymar 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol kiritdi.
Izoh (0)