• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Murod Ismoilov: Bosh maqsadimiz — “Neftchi”ning avvalgi mavqeini tiklash

    Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 3-bosqichini o‘z qarorgohida boshladi. Murod Ismoilov shogirdlari yaqindagina Toshkentda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini yakunlab, Farg‘onaga qaytgandi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

    Foto: football-soccerpro.org

    Foto: football-soccerpro.org

    Farg‘onaliklar poytaxtdagi yig‘in davomida bir nechta nazorat uchrashuvlarida ham maydonga tushdi. Jumladan, “Obod”, “Olmaliq” va “So‘g‘diyona” jamoalari mag‘lubiyatga uchratildi. “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng “Neftchi” bosh murabbiyi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    — Mavsumga tayyorgarlik ishlari ko‘ngildagidek davom etyaptimi?

    — Rejaga muvofiq, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini 10-dekabr kuni Farg‘onada boshlagan edik. Yangi yilgacha o‘z qarorgohimizda shug‘ullandik. Bayram tufayli yigitlarga qisqa muddatli ta’til berdik va shundan so‘ng yana 10 kun mobaynida o‘zimizda mashg‘ulot o‘tkazdik. 14-yanvardan esa yig‘inimiz Toshkentga ko‘chdi. Poytaxtda 4 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazdik. Shulardan “Olmaliq”, “So‘g‘diyona” va “Sho‘rtan”ga qarshi o‘yinlar “Chilonzor” sun’iy qoplamali maydonida bo‘ldi.

    Jamoamiz joylashgan mehmonxona shu yerga yaqinligi uchun ham aynan “Chilonzor” stadionida shug‘ullandik. Endi Far­g‘onaga qaytamiz va an’anaviy tarz­da o‘tkazib kelinayotgan “Hokim kubogi” turnirida ishtirok etamiz. 10-fevraldan esa tayyorgarlikning 5-bosqichini Turkiyada davom ettirishni rejalashtirganmiz. Antaliyada 4 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushamiz. Raqiblar bilan o‘yin sanalarini ham aniqlab olganmiz. Gruziya va Makedoniya oliy ligasi klublari, shuningdek, Samaraning “Krilya Sovetov” hamda Zaporojening “Metallurg” jamoalari bilan kuch sinashib ko‘ramiz.

    — Tabiiyki, mavsumlar oralig‘ida yangi futbolchilar sinovdan o‘tkaziladi. “Neftchi” jamoasida bu jarayon qanday davom etyapti?

    — Bu yil shov-shuv ko‘tarib, nomdor futbolchilarni jamoaga taklif qilolmadik. Lekin vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zim tarkibda ko‘rishni istagan o‘yinchilarni mashg‘ulotlarimizga jalb qildik, deya olaman. Bir necha yil “Neftchi” sharafini himoya qilib, o‘tgan mavsumlar o‘z omadini boshqa klublarda sinab ko‘rgan Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov, Shukurali Po‘latov, Oybek Nurboyev kabi tajribali yigitlarni ortga qaytardik. “Paxtakor”dan Abbos Maxstaliyev va Muhsin Ubaydullayevni yig‘inga chaqirganman. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bu futbolchilarga o‘yin amaliyoti kerak. Ular bilan shartnoma imzoladik. Bundan tashqari, darvozabon Yevgeniy Cheremisin bilan kelishuvga erishishga yaqin turibmiz. U nazorat o‘yinlarida yaxshi taassurot qoldirdi. Tajribali Akmal Xolmatov ham yangi mavsumga biz bilan birga taraddud ko‘ryapti.

    — Mahalliy yoshlarni kashf etish, o‘rinbosarlar safidan asosiy tarkibga iste’dodli futbolchilarni jalb qilish bo‘yicha qanday ishlar olib borilyapti?

    — Ko‘p yillar Farg‘ona futboliga xizmat qilgan Bahrom Haydarov o‘rinbosarlar jamoasi bilan shug‘ullanyapti. Hozir asosiy urg‘uni 1996—1998-yillarda tug‘ilgan yoshlarga qaratyapmiz. O‘tgan yillar davomida farg‘onalik iste’dodli futbolchilar boshqa klublarga o‘tib ketdi. Ular vaqtida ushlab qolinmagan. Masalan, Abdulloh Olimov, Muhsin Ubaydullayev kabi yigitlarimizni ham ijara asosida olishga majburmiz. Ayni payt Bahrom Haydarov yoshlar bilan jiddiy ishlayapti. Yoshlarimiz jamoa bazasida kuniga 2 mahal mashg‘ulot o‘tkazyapti.

    — Yangi mavsumni yangi stadionda qarshi olasiz. 14-mart kuniga stadionning ochilish marosimi belgilangan. Umuman, jamoa muxlislari “Neftchi”dan avvalgidek yorqin o‘yinlar kutsa bo‘ladimi?

    — O‘zbekistonning eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblangan “Neft­chi”dan har yili mazmunli o‘yin kutishadi. O‘z navbatida, biz ham, albatta, muxlislarni xushnud etishga astoydil harakat qilamiz. O‘tgan mavsum boshlanishida natijamiz avvalgi yildagidan yaxshiroq bo‘lishini aytgan ekanman, javob berish qiyin bo‘ldi. Shu bois, oldindan aniq va’da bermaymanu, lekin jamoa rahbariyati va muxlislarimizni o‘z o‘yinlarimiz va natijalarimiz bilan mamnun etamiz, deb o‘ylayman.

    — Oliy ligada 16 ta jamoa ishtirok etishiga munosabatingiz qanday?

    — Kurash qiziqarli tus olishini taxmin qilyapman. Jamoalar o‘z holatlaridan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko‘ryapti. Menimcha, ishtirokchilar sonining 16 taga yetkazilgani yaxshi. Zero, 26 ta o‘yin bir yil uchun juda oz edi. Endi jamoalar 24-milliy chempionatimizda qanday qatnashadi — buni vaqt ko‘rsatadi. Har bir klubning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi bor. O‘zimizga kelsak, “Neftchi”ning avvalgi mavqeini tiklashni maqsad qilganmiz. To‘g‘ri, buni bir yilda amalga oshirish mushkul. Ammo yildan-yilga shunga qarab boramiz.

    31.01.2015, 18:45   Izoh (0)   3201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yozef Blatter: Avstraliya jahon chempionatiga mezbonlik qila oladi

    31.01.2015, 10:02

    Ahmedov va Denisov Osiyo Kubogi — 2015’ning eng qimmat futbolchilari o‘ntaligiga kirdi

    28.01.2015, 12:59

    Ukraina Rossiyani JCh — 2018’dan mahrum etishni rasman so‘raydi

    27.01.2015, 23:34

    Toshkent viloyatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi

    27.01.2015, 23:06

    Mirjalol Qosimov: “Mirabror Usmonov terma jamoaning Osiyo kubogidagi ishtirokini qoniqarli deb topdi”

    27.01.2015, 10:53

    O‘zbekistondagi ixtisoslashgan sport internatlarida paralimpiya musobaqalari o‘tkaziladi

    26.01.2015, 13:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.