Beeline savdo belgisi ostidagi Unitel MChJ tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasi talablari buzilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Ya’ni, “Innovatsiya” reklama aksiyasida asossiz ravishda “Beeline eng zo‘r kompaniya” deyilgan. Shu munosabat bilan, Buxoro, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari hududiy organlar tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.
Qo‘mitaning ogohlantirish xatiga binoan, 22-oktabrdan e’tiboran barcha reklamalar efirdan olindi. Bundan tashqari, kompaniyalarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik sanksiyalari qo‘llanildi.
Izoh (0)