Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston va yana oltita davlat BMT Bosh Assambleyasida ovoz berish huquqidan vaqtincha mahrum etildi, deya xabar bermoqda “TASS” BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrikka tayanib. Bunga ushbu mamlakatlarning butunjahon tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish uchun badal to‘lamagani sabab bo‘lgan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Ayni paytda Bosh Assambleyaning 69-sessiyasi chog‘ida yetti a’zo-mamlakat ovoz bera olmaydi. Bular Grenada, Qirg‘iziston, Marshall orollari, Sobiq Yugoslaviya Respublikasi Makedoniya, Tonga, Vanuatu va Yaman”, — dedi u.

BMT Ustavining 19-moddasiga ko‘ra, tashkilotga a’zo mamlakatning “qarzdorlik summasi bundan oldingi ikki yil davomida to‘lagan badallar summasiga teng bo‘lib qolsa yoki undan oshib ketsa, Bosh Assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etiladi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor insonlar uchun sharoit qanday? — “Daryo”da kichik so‘rovnoma
Sport
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchilariga Cobalt avtomobillari topshirildi