“Yilning eng yaxshi futbolchisi” va “Yilning eng yaxshi murabbiyi” so‘rovnomasi o‘z yakuniga yetdi va ikki nominatsiyada kuchli uchlik aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
O‘zbekistonning 2014-yildagi eng yaxshi murabbiyi nomiga Vadim Abramov (“Lokomotiv”), Samvel Babayan (“Paxtakor”) va Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) da’vogarlik qilmoqda.
Yilning eng yaxshi murabbiyi nomi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining fevral oyida o‘tkaziladigan yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbirida e’lon qilinadi.
Izoh (0)