Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bir guruh tashabbuskorlar oddiy ijtimoiy tarmoqlardagi bahs va nizolardan charchaganlar uchun yangi Jynx muqobil tarmoq ochish g‘oyasini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Ular YouTube’ga ushbu tarmoq haqida hazilona tafsilotlar keltirilgan videoni joyladi.

Foto: mashable.com

Foto: mashable.com

“Jynx tinch va osoyishta makon qurib, foydalanuvchilar o‘zlari bilan bir xil fikrlovchi kishilar bilan muloqot qilishiga imkon yaratadi. Provokator va trollar esa yoqimli suhbatni buza olmaydi”, — deyiladi videoda. Gap shundaki, ushbu ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchining yangiliklar tasmasi faqat u uchun yoqimli bo‘lgan postlardan iborat bo‘ladi.

Jynx hozircha faqat g‘oya bo‘lib qolmoqda. Loyiha haqiqatan ham ishga tushirilish-tushirilmasligi noma’lum. Biroq ko‘pchilik foydalanuvchilar  ushbu yangilikni quchoq ochib qarshi oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda