Janubiy Koreya KXDRning 2010-yilda Seul tomonidan Pxenyanga nisbatan joriy etilgan o‘zaro muzokaralarni yangilashga qarshi sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha talabini rad etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Hukumatimiz Shimolni muzokaralar stoli atrofiga o‘tqazish uchungina qo‘yilgan shartlarga nisbatan choralar ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqmaydi. Bu choralar KXDR bizning hukumatimiz bilan muzokaralar asosida yechishi kerak bo‘lgan masala hisoblanadi”, − dedi Janubiy Koreyaning birlashish ishlari bo‘yicha vazirligi vakili Lim Byon Chxol.
Qayd etilishicha, o‘tgan haftada KXDR 2010-yilda joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish talabi bilan chiqqan va buni ikki mamlakat o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazish uchun kerakli harakat deb atagan.
Izoh (0)