AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Uaytvall shahri sudi xato hukm tufayli 40 yil qamoqda o‘tirgan 70 yoshli Jozef Slejni ozod qilish to‘g‘risida qaror qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
1976-yilda Slej 74 yoshli ayolni va uning 54 yoshli qizini o‘ldirganlikda ayblanib umrbod ozodlikdan mahrum qilingan. Biroq yaqinda o‘tkazilgan DNK tahlili u ushbu jinoyatga aloqador emasligini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, asosiy guvohlardan biri o‘sha paytda bergan ko‘rsatmasini inkor etgan.
Yangi holatlarni o‘rgangan sud Slejni aybsiz deb topgan. Qamoq darvozalaridan chiqishi bilan u jurnalistlarga haqiqiy krovatda uxlashni va ehtimol basseynda cho‘milishni niyat qilganini ma’lum qilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 1973-yildan buyon xato tufayli qamalgan 150 kishi ozod qilingan.
Izoh (0)