24-yanvar kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Aloqa vaziri Mirzoxidov Xurshid Mirsobirovich ishtirokida 2014-yil yakunlari va 2015-yil rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ushbu yig‘ilishda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi direktori A. Abdumo‘minov Aloqa vaziriga 2015-yilning mart oyida, Navro‘z bayrami arafasida ushbu aloqa operatorida GSM tarmog‘i ishga tushirilishiga tayyorgarlik ketayotgani to‘g‘risida hisobot berdi.
Ma’lumot uchun, Uzmobile shu kungacha CDMA-450 vositasida faoliyat yuritib keladi.
Kompaniya direktorining vazir savollariga javob berishi davomida ma’lum qilishicha, ushbu milliy operator tarmog‘i bilan shu yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahri va Toshkent viloyati, 2015—2017-yillar oralig‘ida esa respublikaning barcha aholi puktlarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Shu tariqa, O‘zbekiston hududida Beeline, Ucell va UMS aloqa operatorlariga raqobat bo‘luvchi milliy mobil aloqa operatori tashkil etiladi.
Izoh (0)