UzReport TV axborot-tahliliy telekanali o‘z dizaynini yangilamoqda. 2015-yilning 22-yanvaridan boshlab teletomoshabinlar kanalda “Yangiliklar satri”ning yangilangan ko‘rinishi, shuningdek, “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar”, “Valyuta kurslari”, “Ob-havo” singari imidj va axborot zastavkalari va telekanal dizaynining boshqa yangi elementlariga guvoh bo‘ldilar, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.
“Shuningdek biz ‘7/24’ axborot teleko‘rsatuvining identifikatsion plashkalari va rang majmuini ham yangiladik. Bunda zamonaviy informatsion telekanallar qiyofasi, kanalimizning o‘ziga xos jihatlari, xususan, kun mobaynida yangilanib boruvchi yangiliklar, ko‘rsatuvimizning tezkorligi ortib borayotganligi, va, albatta, teletomoshabinlarimizga ko‘rinishi yoqimli va zamonaviy televizon kontent taqdim etish maqsadi kabi jihatlar hisobga olindi”, – deydi UzReport TV telekanali bosh rejissori Aziz Nabixonov.
Bundan tashqari, Aziz Nabixonovning aytishicha, dasturlararo teleko‘rsatuvlar va telekanalning hujjatli filmlar yaratuvchi ijodiy guruhi tomonidan tayyorlanadigan filmlarga ham yangi imij uslubi tatbiq etiladi.
Ma’lumki, oq rang ochiqlik va pozitiv timsolidir. Metallik kulrang esa yuqori salohiyat belgisi hisoblanadi. Ushbu ranglar uyg‘unligi tomoshabinga, mazkur kanal haqiqatan ham o‘z faoliyatida ilg‘or ish uslublari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanadigan yangi formatdagi kanal ekanligini tushunish imkonini beradi.
“Biz telekanalimizning yangi dizayni haqidagi tomoshabinlar fikri va bahosini olishga hamda bildirilgan mulohazalarga muvofiq uni takomillashtirib borishga tayyormiz. O‘z takliflarini tomoshabinlarimiz elektron pochta orqali info@corp.uzreport.com manziliga yoki maxsus aloqa shaklidan foydalanib UzReport informatsion agentligining sayti (http://uzreport.uz) ga jo‘natishlari mumkin. Biz, shuningdek, UzReport’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tomoshabinlarimizning sharhlarini kutin qolamiz”, – deya ta‘kidladi UzReport TV telekanali bosh rejissori Aziz Nabixonov.
Izoh (0)