Sirdaryo viloyatida dehqon xo‘jaligi tashkil qilish istagida bo‘lgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga 271 gektar yer ajratib berildi, deb xabar beradi “Uz24.uz” “Xalq so‘zi” gazetasiga tayanib.
Qayd etilishicha, 1167 nafar yigit-qizning har biri 0,10 — 0,30 gektardan ekin maydoni egasi bo‘lgan. Ular, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ularga dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yishlarida hududdagi fermerlar ham yaqindan ko‘mak bermoqda.
Dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan yigit-qizlarga mehnat daftarchalari ochildi. Ayni chog‘da ular o‘zlari istagan bankda hisob raqamiga ham ega bo‘lmoqda.
Izoh (0)