Tesla Motors kompaniyasining Model S P85D sportkari Palm-Bich (AQSh)da bo‘layotgan 1/4 mil masofadagi poygalarda ishtirok etdi. Bu haqda “Geeky-gadgets.com” axborotiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Poyga vaqtida Elon Mask kompaniyasining avtomobili bu masofani 11,6 soniyada bosib o‘tdi va elektromobillar o‘rtasida jahon rekordini o‘rnatishga erishdi.
Elektromobil 100 km/soat tezlikka erishish uchun 3,1 soniya vaqt sarfladi. Bu avtomobil haqida berilgan ma’lumotlardan 0,1 soniyaga tezdir.
Quyida rekord qayd etilgan videoni ko‘rishingiz mumkin:
http://www.youtube.com/watch?v=kG6veF_34QE
Izoh (0)