Toshkentda 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov ochdi. Senatorlar Senat birinchi majlisining kotibiyatini, elektron tizimdan foydalanish bo‘yicha nazorat guruhini sayladi, kun tartibini tasdiqladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlislarida 84 senator saylandi. Prezident Islom Karimov tomonidan 16 nafar Senat a’zosi tayinlandi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.
Majlis ishtirokchilari Senat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.
Izoh (0)