“Paxtakor” Turkiya yig‘inida ikkinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Antaliyada Saranskning “Mordoviya” klubiga qarshi maydonga tushgan “sherlar” 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvni shiddatli hujumlar bilan boshlagan raqib tez orada ikki to‘p kiritdi. Shundan keyin tashabbusga erishgan “Paxtakor” birinchi bo‘limda vaziyatlardan foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan tushirilgan Rahmatullayev aniq zarbasi bilan farqni qisqartirdi. Biroq 71-daqiqada “Mordoviya” Samodinning zarbasidan keyin yana 2 to‘p farqini tikladi. Ushbu natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi. “Paxtakor” mavsumga tayyorgarlik yig‘inida birinchi bor mag‘lubiyatga uchradi.
“Paxtakor” — “Mordoviya”: 1:3
Gollar: Lutsenko (11), Vlasov (13), Rahmatullayev (49), Samodin (71).
“Paxtakor”: Ribkin, Merzlyakov, Tojiyev, Oraxovats, Hoshimov, Maxaradze (Andreyev, 57), Ismatullayev, Andreyev (Masharipov, 15), Kozak (Sohibov, 57), Karimov (Rahmatullayev, 47), Pardayev (Alimov, 52).
Izoh (0)