Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi” gazetasi.
Ta’lim dargohida san’atsevar yoshlarning puxta bilim olishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Ayni paytda 190 nafar o‘g‘il-qiz yettita yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan mazkur dargohda teatr bo‘limi faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.
Izoh (0)