Tadqiqotchilar og‘maxon (xomyak)ning lunji qancha narsani sig‘dira olishini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lib tajriba o‘tkazdi va uning videosini internetga joyladi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. 14-yanvar kuni e’lon qilingan ushbu rolik shu paytgacha deyarli 2 million marta tomosha qilindi.

Foto: BBC

Foto: BBC

BBC tadqiqotchilari og‘maxon saqlanadigan murakkab yo‘lakchalardan iborat qafasga yong‘oq, meva va sabzavotlar solingan likopni qo‘ydi. Jonivor shaffof quvur orqali qafas tubiga tushib, likopni ko‘radi va o‘z lunjiga oziq-ovqat zaxirasini joylay boshlaydi.

Shundan so‘ng rentgen tekshiruvi o‘tkazilganida, og‘maxonning lunji juda uzunligi, agar u ozuqaga to‘ldirilsa, u jonivorning orqa oyoqlarigacha yetishi ma’lum bo‘ldi.