Facebook buyurtmasiga binoan amalga oshirilgan marketing tadqiqotlari 2014-yilda ijtimoiy tarmoqning jahon iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi 227 milliardd dollarni tashkil etganini ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Facebook faoliyati millionlab yangi ish joylarining yaratilishi hamda muvaffaqiyatli startaplarning ishga tushirilishiga ko‘mak bergan.
Jumladan, 2014-yili Facebook 4,5 million yangi ish joylarining yaratilishiga sababchi bo‘lgan. Tadqiqot Deloitte & Touche konsalting firmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan.
Izoh (0)