Toshkent viloyatida o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 147 bolalar sporti inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Toshkent viloyati filialidan ma’lum qilinishicha, viloyatda o‘tgan yili oltita maktabning sport zali, uchta musiqa va san’at maktabi, bitta yopiq suzish havzasi yangidan qurilib, zamonaviy anjomlar bilan ta’minlangan.
Viloyatdagi sport inshootlarida 2400 nafardan ziyod yuqori malakali mutaxassis 86 ming nafar o‘g‘il-qizga sportning qirqqa yaqin turi bo‘yicha saboq bermoqda.
Izoh (0)