“Barselona” klubi transferlar uchun FIFA tomonidan 2016-yilning 1-yanvariga qadar qo‘yilgan taqiqqa qaramay, futbolchilarni sotib olishi mumkin. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
“Barselona” sotib olgan futbolchilar taqiq muddati yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi. Ammo o‘z klublarida o‘ynashda davom etishi mumkin. Shuningdek, “Barselona” klubi futbolchini sotib olishi va unga maosh to‘lashi mumkin. Biroq yangi futbolchi maydonga tushish huquqiga ega bo‘lmaydi. Futbolchi uchrashuvlarda faqat 2016-yilning 1-yanvaridan so‘ng ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” klubi voyaga yetmagan legionerlar bilan shartnoma imzolagani tufayli ikkita transfer mavsumida ishtirok etishdan mahrum etilgan edi.
Izoh (0)