Sky News telekanaliga intervyu berish uchun Sidneydagi markaziy Martin Pleys maydoniga borgan Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishop marvaridli sirg‘asini yo‘qotib qo‘ydi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Vazir telekanal efiriga chiqqanda uning faqat o‘ng qulog‘ida sirg‘asi bo‘lgan. Intervyu yakunlangach, Bishop Twitter’da “Salom Twitter, men Martin Pleysda sirg‘amni yo‘qotib qo‘ydim. Uni topgan odam menga 02 62777500 raqamiga qo‘ng‘iroq qilsa, minnatdor bo‘laman”, − deb yozgan.
Hi Twitter I lost earring in Martin Place today - if found grateful contact me
— Julie Bishop (@HonJulieBishop) January 18, 2015
02 62777500 http://t.co/5c77CdNDKT pic.twitter.com/bNNfox6MgQ”
Qayd etilishicha, Avstraliya tashqi ishlar vazirining Twitter’da 90 mingdan ortiq obunachilari bor. Sirg‘a topilgani va sohibasiga qaytarilgani haqida hozircha xabar berilmagan.
Izoh (0)