Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, 20-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0−2° iliq, kunduzi 3−5° iliq bo‘ladi.

Foto: pixland.uz

Foto: pixland.uz

Toshkent viloyatida 21-yanvarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22−24-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 23−24-yanvarda ba'zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21−23-yanvarda kechasi 0−5° sovuq, kunduzi 3−8° iliq, 24-yanvarda kechasi 3−8° sovuq, kunduzi 3° sovuq − 2° iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari