2015-yil 1-martdan boshlab Toshkent hayvonot bog‘iga kirish yoshga doir pensiyadagi keksalar uchun 2015-yil oxirigacha bepul qilib qo‘yildi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i saytida ma’lum qilindi.
Tegishli buyruq Toshkent shahar hokimligining Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan chiqarilgan.
Ushbu qaror O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan qabul qilingan.
Izoh (0)