O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov Osiyo kubogi doirasidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“Yigitlarga katta rahmat. Ular o‘z imkoniyatlardan 100 foiz foydalanishdi. Garchi uch nafar hakam nimadir qilishga juda-juda uringan bo‘lsalar ham...
Biz Saudiya Arabistoni kabi boy emasmiz, lekin bizda iqtidorli yoshlar va jamoviy ruh bor. Biz g‘alabaga munosib ravishda erishdik”, – deydi yarim himoyachimiz “Sports.uz” nashriga bergan intervyusi chog‘ida.
Aytish kerakki, kechagi o‘yinda Sardor Rashidov dublga erishgan edi.
Izoh (0)