O‘zbekistonlik yosh gimnastikachi qizlar Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha “Aygolek − 2014” xalqaro musobaqasida shohsupaning yuqori pog‘onasini egalladi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Dunyoning turli mamlakatlaridan 340 dan ortiq yosh gimnastikachi qizlar qatnashgan musobaqaning ko‘pkurash bahslarida Taxmina Ikromova oltin medalni qo‘lga kiritdi, o‘z yosh toifalarida Shahrizoda Qayumova va Nuriniso Usmonova ham g‘alabaga erishdi.
Samarqand viloyatining badiiy gimnastika bo‘yicha katta murabbiyi Yelena Arslonovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu natija O‘zbekistonda bolalar sportining rivojlanishiga ajratilayotgan alohida e’tiborning samarasi hisoblanadi.
Izoh (0)