Bugun, 19-yanvar kuni Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yilning dastlabki turniri asosiy to‘r bahslari start oldi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekistondan birgina Denis Istomin asosiy davrada ishtirok etyapti.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi ilk davradayoq mag‘lubiyatga uchrab, yakkalikdagi ishtirokini yakunladi. Besh setlik, 2 soat-u 55 daqiqa davom etgan uchrashuvda Istomin italiyalik Andreas Seppiga 7:5, 3:6, 6:2, 1:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)