“O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi kubogi yakunlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Turli vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy musobaqada 12 jamoa o‘zaro bahslashdi.
Musobaqaning hal qiluvchi bahsi “Oliy sud” va “O‘zagrosug‘urta” jamoalari o‘rtasida bo‘ldi. Ushbu uchrashuvga qadar “O‘zagrosug‘urta” jamoasi Adliya va Tashqi ishlar vazirliklari jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Final bahsida “O‘zagrosug‘urta” vakillari “Oliy sud” jamoasini 5:4 hisobida yengib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin Davlat soliq qo‘mitasi jamoasiga nasib etdi.
Musobaqada turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.
Izoh (0)