Osiyo kubogi “D” guruhida Yaponiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuv yakuniga yetdi. Uchrashuvda kunchiqar yurt vakillari kichik hisobda g‘alabaga erishdilar, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
O‘yin taqdirini 23-daqiqada belgilangan penalti hal qildi. Xonda 11 metrlik belgidan aniq zarba berdi va gol kiritdi. Bu g‘alaba natijasida Yaponiya terma jamoasi guruhdan chiqish vazifasini muddatidan avval hal qildi.
Osiyo Kubogi, “D” guruhi, 2-tur
Iroq - Yaponiya - 0:1
Gol: Xonda, 23 (penalti).
Izoh (0)