“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger “Oltin to‘p” sovrinini batamom yo‘q qilish kerakligi haqida gapirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Men ‘Oltin to‘p’ga mutlaqo qarshiman. Chunki futbol — jamoaviy o‘yin.
Men ‘Oltin to‘p’ uchun hatto ovoz berishni ham istamagandim. Chunki bu sovringa mutlaqo qarshiman”, — dedi Venger.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil yakunlariga ko‘ra “Oltin to‘p” Krishtianu Ronalduga nasib qildi.
Izoh (0)